Бош саҳифа
Фойдали Сайтлар
Annoucements -
There are no translations available.

 



Зиёратчилар
mod_vvisit_countermod_vvisit_countermod_vvisit_countermod_vvisit_countermod_vvisit_countermod_vvisit_countermod_vvisit_counter
mod_vvisit_counterToday69
mod_vvisit_counterYesterday236
mod_vvisit_counterThis week1586
mod_vvisit_counterThis month4295
mod_vvisit_counterAll514970
Консуллик бўлими

O‘ZBEKISTON FUQAROLARI UCHUN МА`LUMOTLAR

 O‘zbekiston fuqarolari uchun soddalashtirilgan tartib o‘rnatilgan alohida mamlakatlarga kirish tartibi

MDH davlatlari

Ikki tomonlama shartnomalar asosida Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Gruziya (bir yilgacha), Qozog‘izton, Moldaviya, Rossiya, Ukraina va Qirg‘iziston (60 kungacha) bilan vizasiz tartib o‘rnatilgan.

O‘zbekiston fuqarolariga yuqoridagi mamlakatlarga (Gruziya va Qirg‘izistonga ko‘rsatilgan muddatga) borish uchun viza rasmiylashtirish talab etilmaydi.

Xorij mamlakatlari

Turkiya

Turkiya Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-iyundagi 2007/12441-sonli qarori asosida 30 kun muddatgacha sayyohlik maqsadida Turkiyaga tashrif buyuruvchi O‘zbekiston fuqarolari uchun viza olish tartibi bekor qilingan.

Shu o‘rinda, Turkiyaga vizasiz tashrif buyuruvchi O‘zbekiston fuqarolari mamlakatda bo‘ladigan har bir kuni uchun 30 AQSh dollari miqdorida mablag‘ga ega bo‘lishi hamda davlat chegara organlariga Turkiyaga tashrif maqsadi va mamlakatdagi yashash manzili haqida xabar berishlari lozim.

Vizasiz kirish tartibi og‘ir yuk avtomobili va avtobus haydovchilariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi yo‘l hujjati bilan hujjatlashtirilgan fuqaroligi yo‘q shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Ushbu tartib 2007-yil 1-avgustda kuchga kirgan.

Malayziya

30 kunga qadar shaxsiy maqsadda yoki turist sifatida Malayziyaga tashrif buyuruvchi O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi amal qilib kelmoqda. Vizalar mamlakat aeroportiga yetib kelgandan so‘ng taklifnoma va to‘lovlarsiz rasmiylashtiriladi.

Meksika

AQSh va Kanadada doimiy yashab kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari (Green Card va Permanent Resident Card sohiblari) tashrif muddati olti oydan oshmagan holatda Meksikaga ish yuzasidan va sayyoh (turist) sifatida tashriflarni vizasiz amalga oshirishlari mumkin.

Meksika davlat chegara xizmati nazorat punktida O‘zbekiston fuqarolari faqatgina FMTTV blankasini to‘ldirib, fuqarolik pasporti va AQSh yoki Kanadaning doimiy rezidenti kartasini taqdim etishlari lozim.

Tayland

2010-yil 23-apreldagi Tayland hukumatining qarori asosida O‘zbekiston davlati ham Tayland davlat chegara xizmati nazorat punktlarida (jami 24 ta) viza rasmiylashtiriladigan davlatlar ro‘yxatiga kiritildi.

Tayland hududiga kirish uchun ruxsat beradigan punktlarida viza olish uchun quyidagi shartlarga amal qilinishi lozim:

- Tashrif maqsadi «sayohat» bo‘lishi kerak;

- Arizachi moliyaviy layoqatliligini tasdiqlashi lozim (1 kishi uchun 310 AQSH dollari atrofida yoki oila uchun 620 AQSh dollari atrofidagi mablag‘i bo‘lishi lozim;

- O‘rnatilgan namunadagi anketani to‘ldirishi va 31 AQSh dollari miqdorida to‘lov amalga oshirishi kerak;

Viza 15 kunga qadar rasmiylashtiriladi va aeroportda rasmiylashtirilgan viza muddati uzaytirilmaydi, ba’zi holatlar (ya’ni kasallik, biror halokatga tushish va h.k.) bundan mustasno.

Bojxona qoidalari

1. T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasi

O‘zbekiston Respublikasiga kirishda/chiqishda bojxona qonunbuzilishining oldini olish maqsadida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvida quyidagilarni bilib olishingiz zarur:

O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tayotganda 16 yoshga to‘lgan shaxs tomonidan naqd chet el valyutasi, tovar-moddiy boyliklar va boshqa shaxsiy mol-mulklarni deklaratsiyalash T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.

16 yoshga to‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ularga tegishli bo‘lgan tovarlar va predmetlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning ota-onalari, boshqa qarindoshlari yoki ularni kuzatib boruvchi shaxslar deklaratsiyalarida, qarindoshlik darajasi, familiyasi, ismi va tug‘ilgan yilini ko‘rsatgan holda ko‘rsatiladi.

Bojxona deklaratsiyasi yo‘qolgan taqdirda deklaratsiya tiklanmaydi va uning egasi unda ko‘rsatilgan tovarlar va predmetlarni to‘siqsiz olib o‘tish huquqini yo‘qotadi.

2. Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish Qoidalari

Ushbu Qoidalar diplomatik daxlsizlikka ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 2000 (ikki ming) AQSh dollari ekvivalentidan ortiqcha miqdordagi naqd xorijiy valyuta unga deklaratsiya to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.

Bunda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida olib kirilayotgan yoki olib chiqib ketilayotgan naqd xorijiy valyutaning jami summasi ko‘rsatiladi.

Jismoniy shaxsning xohishiga ko‘ra ekvivalenti 2 000 (ikki ming) AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd xorijiy valyuta deklaratsiyalanishi mumkin.

Naqd xorijiy valyutani olib kirish

Jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududiga bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda cheklanmagan miqdorda naqd xorijiy valyutani olib kirishga ruxsat etiladi.

Naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish

O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga naqd xorijiy valyutani erkin olib chiqib ketish jismoniy shaxslarga ekvivalenti 5 000 (besh ming) AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda ruxsat etiladi.

Belgilangan summadan ortiqcha mablag‘ni olib chiqib ketish:

rezidentlar tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi, ushbu ruxsatnomada olib chiqib ketiladigan naqd xorijiy valyutaning jami summasi ko‘rsatiladi;

norezidentlar tomonidan — O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida amalga oshiriladi, ushbu deklaratsiyada naqd xorijiy valyuta summasi olib chiqib ketilayotgan naqd xorijiy valyuta summasidan kam bo‘lmagan miqdorda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Norezidentlar — respublikada belgilangan tartibda tashkil qilingan musobaqalar, tanlov va olimpiadalarning sovrindorlari yoki qatnashchilari tomonidan belgilangan summadan ortiqcha naqd xorijiy valyuta olib chiqib ketilayotganda naqd xorijiy valyuta olinganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat ular tomonidan ushbu naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun asos hisoblanadi.

Ekvivalenti 5 000 (besh ming) AQSh dollaridan ortiqcha naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun asos bo‘lgan hujjatni boshqa shaxslarga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Rezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasini va norezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini ishlatish bir marotaba amalga oshiriladi va kelgusida ekvivalenti 5 000 (besh ming) AQSh dollaridan ortiqcha naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun asos sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

3. O‘zbekiston Respublikasiga import qilish (olib kirish)ga taqiqlangan tovarlar

O‘zbekiston Respublikasiga quyidagi tovarlarni import qilish (olib kirish) taqiqlangan:

territorial butunlik, siyosiy mustaqillik va davlat suverenitetiga putur etkazish, urushni targ‘ib qilish, terrorizm, zo‘ravonlik, milliy ustunlik va diniy nafrat, irqchilik va uning ko‘rinishlari (antisemitizm, fashizm)ni targ‘ib qilishga qaratilgan bosma nashrlar, qo‘l yozmalar, klishe, rasmlar, fotosuratlar, fotoplenkalar, negativlar, kino, video va audio mahsulotlar, gramyozuvlar va audiomateriallar, pornografik mazmundagi materiallar shuningdek tarkibida narkotik, psixotrop moddalar va prekurslar bo‘lgan dori-darmonlar.

O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan naqd xorijiy valyuta, yo‘l cheklari, valyuta, tovar-moddiy boyliklarni va boshqa predmetlarni deklaratsiyalamaslik yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalash, og‘zaki so‘rov vaqtida bojxona xodimiga ma’lumotlarni bermaslik yoxud noto‘g‘ri ma’lumotlar berish bojxona qoidalarining buzilishi hisoblanadi va bunga yo‘l qo‘ygan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

Qo‘shimcha ma’lumotni http://www.customs.uz saytidan olishingiz mumkin.

Янгиланди (06.12.2015 17:07)

 
Долзарб Масалалар

Ўзбекистон
Республикаси Мустақиллиги
26-чи йиллиги 

Ўзбекистон
Президенти Китоблари

Фаол тадбиркорлик,
инновацион ғоялар ва
технологияларни
қўллаб-қувватлаш йили
8 декабр - Ўзбекистон Республикаси 
Конституцияси
Халқаро
мева ва сабзавот
ярмаркаси
IX-чи Халқаро
саноат ярмаркаси
ва кооперация биржалари
Ўзбекистоннинг
ШҲТдаги Раислиги
Х-чи Халқаро
мусиқий фестивали
«Шарқ тароналари»
Орол денгизи
минтақавий лойиҳаларни
амалга ошириш
масалалар бўйича
Халқаро конференция.
UNWTO
ижро кенгашининг
99-чи сессияси

ҲМТ доирасида
Ўзбекистоннинг ҳамкорлиги

Мингйиллик
ривожланиш мақсадлари
XXII-чи Тошкент
Халқаро
Туристик Ярмаркаси
Ўзбекистонда
инвеститция муҳити
XII-чи Халқаро
Ўзбекистон пахта и
текстил ярмаркаси
Ўзбекистонда
инвеститция лойиҳалари
Сув манбалари ва экологияси
ҳақида ахборот портали
Ўзбекистонда
туризм ҳақидаги расмий портал

Ўзбекистон


Get the Flash Player to see this player.