ANQARA, 23-oktabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Antaliya, Mersin va qo'shni shaharlardagi vatandoshlar ishtirokida madaniy-ma'rifiy kecha tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
ANQARA, 19-oktabr. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 18-oktabr kuni mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasida huzuridagi 44-saylov uchastkasi tomonidan Antaliya shahrida O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
ANQARA, 15-oktabr. /"Dunyo" AA/. Turkiyaning nufuzli tahlil markazlaridan biri – "ANKASAM"da bo'lajak O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari sayloviga bag'ishlangan davra suhbati tashkil etildi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.
ISTANBUL, 15-oktabr. /Dunyo AA/. Amaliy tashrif bilan Turkiyada bo'lib turgan O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Istanbul shahrida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
ANQARA, 12-oktabr /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari Turkiyaning Karabyuk shahrida ta'lim olayotgan O'zbekiston yoshlari bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
ANQARA, 10-oktabr. /"Dunyo" AA/. Rossiya va MDH mamlakatlarini o'rganish instituti direktori Solih Yilmaz (Turkiya) "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 7-8-oktabr kunlari Moskva shahrida bo'lib o'tgan MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:
TOSHKENT, 8-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Turkiya elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
ANQARA, 5-oktabr. /"Dunyo" AA/. Kecha Anqara shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari o'rinbosarlari darajasidagi ko'p tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning ikkinchi davrasi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
ISTANBUL, 2-oktabr. /"Dunyo" AA/. Toshkent shahridagi "Oq uy" masjidi imom-xatibi Isroiljon Ismoiljonov boshchiligidagi delegatsiya amaliy safar bilan Turkiyaning Istanbul shahrida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
ANQARA, 18-sentabr. /"Dunyo" AA/. "EkoAvrasya" Yevrosiyo iqtisodiy aloqalar assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Hikmet Eren "Dunyo" AA uchun intervyusida Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning 15-16-sentabr kunlari O'zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi haqidagi fikrlarini bildirdi: