Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-sentabr kuni AQSh Kongressi senatori, Senatdagi Markaziy Osiyo boʻyicha kokus hamraisi Stiv Deynsni qabul qildi.
Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti, hurmatli Sadir Nurgʻojoyevich Japarovga bugungi “ShHT plyus” majlisini oʻtkazish borasidagi tashabbusi uchun samimiy minnatdorlik izhor etaman.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “BMT adolatli dunyo tartibotining asosiy boʻgʻini sifatida: “ShHT plyus” davlatlarining koʻp qutbli dunyoni shakllantirishga qoʻshayotgan hissasi” mavzusidagi “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etdi.
Biz Qirgʻizistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi davrida erishilgan samarali natijalarni yuksak baholaymiz, bugungi majlis kun tartibi va qarorlar loyihalarini qoʻllab-quvvatlaymiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining yubiley yigʻilishida ishtirok etdi.
Bishkek shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, parlamentlar hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, ishbilarmon doiralar vakillari, taniqli siyosat, jamoat va din arboblaridan tabrik maktublari kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahriga tashrifi doirasida VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
Bishkek shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv oʻtkazdi.