
Jahon etnosport o‘yinlarida O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an ham qatnashdi va nutq so‘zladi. Faxriy mehmon o‘z so‘zida barcha ishtirokchilarni Jahon etnosport o‘yinlarining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularga omad tiladi.

Jahon etnosport o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi uloq ko‘pkari, kurash, belbog‘li kurash, korsh (Tatariston kurashi), alish (qirg‘iz kurashi), qozoq kurashi, kamondan otish, mas-restling, bel olish va uch kurash kabi sport turlaridan qariyb 80 nafar sportchi bilan ishtirok etishadi.

Ma’lumot uchun: Jahon etnosport o‘yinlari 4 oktabrga qadar davom etadi.











