
Bundan tashqari, delegatsiyalar rahbarlarining uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Bugun O‘zbekiston sportni rivojlantirish vaziri A.Ikrаmov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TТDHK) Bosh kotibi B.Amreуev bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida tomonlar TDTga aʼzo davlatlar oʻrtasida sport sohasidagi hamkorlik holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Shuningdek, TDTga aʼzo davlatlar sport vazirliklari oʻrtasidagi muvofiqlashtirish va TDTga aʼzo davlatlarning jamoat sport birlashmalari oʻrtasidagi saʼy-harakatlarning muhimligi taʼkidlandi.

Muzokaralarda Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayev ham ishtirok etdi. Uchrashuvda Bagdad Amreyev “Sport A'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Uchrashuvlar yakunida tomonlar esdalik sovg‘alar almashishdi.

Uchrashuv Turkmaniston sport va yoshlar siyosati vaziri G.Agamiradov bilan davom etdi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida sport va yoshlar siyosati sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning turli masalalari muhokama qilindi.











