Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Ispaniyadan munosabat: O'zbekiston rahbarining tashrifi katta siyosiy ahamiyatga ega


Ispaniyadan munosabat: O'zbekiston rahbarining tashrifi katta siyosiy ahamiyatga ega

MADRID, 7-iyun. /"Dunyo" AA/. Madrid avtonom universitetining Osiyo tadqiqotlari markazi professori, Ispaniya Sharqshunoslari uyushmasi bosh kotibi Xesus Xil "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Anqara shahrida bo'lib o'tgan oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig'ilishidagi ishtirokini izohladi:

— Tashrif ikki davlatning strategik manfaatlarini aks ettiruvchi, ikki tomonlama munosabatlar mustahkamlanib borayotganini tasdiqlovchi muhim voqeadir.

 

O'zbekiston–Turkiya o'z xalqlari taraqqiyoti va farovonligiga hissa qo'shayotgan muhim ittifoqchilardir.

 

Ushbu tashrif O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning ahamiyati ortib borayotganini ko'rsatadi. Ikkala davlat ham o'z iqtisodiyotlarini diversifikatsiya qilish va investitsiyaviy muhitni yaxshilashga faol intilmoqda. Tashrif davomida yangi shartnomalar imzolangani ikki tomonning o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish borasidagi jiddiy niyatlaridan dalolat beradi.

 

Bundan tashqari, O'zbekiston rahbarining tashrifi katta siyosiy ahamiyatga ega. Oliy darajadagi o'zaro hamkorlik va mintaqaviy hamda xalqaro muammolarni muhokama qilish O'zbekiston va Turkiya muhim global muammolar bo'yicha o'z pozitsiyalarini muvofiqlashtirish tarafdori ekanini ko'rsatadi. Bu, ayniqsa, o'zgaruvchan geosiyosiy vaziyat va Markaziy Osiyoda barqarorlik hamda xavfsizlikni mustahkamlash zarurati sharoitida juda dolzarbdir.

 

Ikki davlat rahbarlarining muzokaralari strategik sheriklik va hamkorlikni chuqurlashtirishga ikki tomonning intilishidan dalolat beradi. Bu mintaqada barqarorlik, farovonlik va o'zaro anglashuvni mustahkamlash yo'lidagi muhim qadamdir.