Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston yangiliklari


Yo‘l xo‘jaligi sohasidagi loyihalar bo‘yicha axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni yo‘l xo‘jaligidagi ishlar natijadorligi va rejadagi loyihalar bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.


O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan neft-gaz sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni "O‘zbekiston neft va gazi" xalqaro forumi doirasida Toshkent shahrida bo‘lib turgan Rossiyaning "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukovni qabul qildi.


O‘zbekiston Prezidenti Yevroittifoq bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stipraysni qabul qildi.


O'zbekiston TIV rahbari va TDT Bosh kotibi Toshkentda bo'lib o'tgan uchrashuvda tashkilotning Budapeshtda o'tkaziladigan sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 13-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun tashrif bilan mamlakatimizda bo'lib turgan Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.


O'zbekiston delegatsiyasi Istanbul shahrida bo'lib o'tgan 28-Yevroosiyo iqtisodiy sammitida ishtirok etdi

ISTANBUL, 12-may. /"Dunyo" AA/. "Taraqqiyot strategiyasi" markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Turkiyaning "Marmara grup" strategik va ijtimoiy tadqiqotlar jamg'armasi tomonidan Istanbul shahrida tashkil etilgan 28-Yevroosiyo iqtisodiy sammitida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.


Istanbulda O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

ISTANBUL, 12-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston delegatsiyaning Turkiyaga tashrifi doirasida Sabahattin Zaim nomidagi Istanbul universitetida madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.


Rossiyaga amaliy tashrif yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi yakunlandi.


O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

9-may kuni Moskva shahridagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


O'zbekistonning boy madaniy merosi Istanbulda bo'lib o'tgan Turkiy xalqlar madaniyati festivalida taqdim etildi

ISTANBUL, 9-may. /"Dunyo" AA/. Istanbul shahridagi "Medipol" universitetida Turkiy xalqlar madaniyati festivali o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.


O‘zbekiston Prezidenti G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.