ANQARA, 14-mart. /"Dunyo" AA/. Strategik tadqiqotlar va ishlanmalar uyushmasi bosh kotibi Yunus Emre Kanat (Turkiya) "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 11-13-mart kunlari Fransiyaga buyurgan davlat tashrifi haqidagi fikrlarini bildirdi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodinni qabul qildi. O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-mart kuni Parij shahridagi Burbon saroyida Fransiya Milliy majlisi Raisi Yael Braun-Pive bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga davlat qabul marosimini uyushtirdi.
Tashrif doirasida Parij shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Fransiya Respublikasining oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOSHKENT, 13-mart. /"Dunyo" AA/. Kecha Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) tashqi ishlar vazirlari o'rinbosarlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
TOSHKENT, 13-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekistontashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bobur Usmanov kecha Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Parij shahriga tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.