Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, “Kantey” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi sharafiga Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi nomidan qabul marosimi tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioga rasmiy tashrifi doirasida Yaponiya taʼlim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri Matsumoto Yoxey, Yaponiya fanni ilgari surish jamiyati prezidenti Sugino Suyosi hamda Yaponiyaning Sukuba, Nagoya, Tottori universitetlari, Tokio qishloq xoʻjaligi va texnologiyalar universiteti, Nagoya iqtisodiyot universiteti kabi yetakchi oliy taʼlim muassasalarining rahbarlari bilan uchrashdi.
“Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koʻp tomonlama biznes forumida ishtirok etdi.
Yaponiya Bosh vaziri Takaichi xonim oliyalariga “Markaziy Osiyo plyus Yaponiya” birinchi sammiti yuksak darajada tashkil etilgani, goʻzal va joʻshqin Tokioda koʻrsatilayotgan samimiy mehmondoʻstlik uchun bildirilayotgan chuqur minnatdorlik soʻzlariga qoʻshilaman.
20-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida ishtirok etdi.
Tokioga tashrifning birinchi kuni yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Akasaka saroyida Yaponiya Bosh vaziri nomidan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sharafiga o‘tkazilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi.