Mamlakatimizdagi eng ommaviy fuqarolik instituti a’zolari bo‘lgan siz, azizlarni 11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Kecha, 9-noyabr kuni, Prezident Shavkat Mirziyoyev Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurib, mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, tibbiyot muassasalarida xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiy ta’limni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.
Ushbu qutlug‘ ayyomda xalq salomatligining posbonlari bo‘lgan siz, azizlarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Zamonaviy Markaziy Osiyo barqaror o‘sish va o‘zaro ishonch makoniga aylanib bormoqda. Mintaqa davlatlari savdo, energetika, transport va innovatsiyalar sohalarida amaliy tashabbuslarga ustuvor e’tibor qaratgan holda, global hamkorlar bilan muvozanatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish yo‘lida qat’iy intilmoqda.