O‘zbekiston “Markaziy Osiyo – Rossiya” 5-Vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi
Joriy yilning 22 aprel kuni videokonferensiya tarzida “Markaziy Osiyo – Rossiya” 5-Vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Rossiya hukumatlari vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan videokonferensiyada Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov qatnashdi.