2-sentabr kuni Xitoyga rasmiy tashrif doirasida Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi, hurmatli Si Szinpin Janobi Oliylariga an’anaviy samimiy qabul va mamlakatning “shimoliy darvozasi”, deb ataladigan go‘zal va jo‘shqin Tyanszin shahrida sammitni yuksak darajada tashkil etgani uchun yana bir bor chin dildan minnatdorlik izhor etaman.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Tyanszin shahrida “SHHT plyus” formatining “Ko‘p tomonlama hamkorlikni hayotga tatbiq etish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va barqaror taraqqiyotga ko‘maklashish” mavzusidagi uchrashuvda ishtirok etdi.
Avvalo, Xitoy Xalq Respublikasining Raisi, hurmatli Si Szinpin Janobi Oliylariga majlisimizni yuksak darajada tashkil etgani va samimiy qabul uchun chin dildan minnatdorlik izhor etaman.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Tyanszin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, yirik korporatsiya va kompaniyalar rahbarlari, taniqli siyosatchilar, jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Tyanszin shahridagi "Meyszyan" kongress markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Tyanszin shahriga keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 30-avgust kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.