Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Oʻzbekiston va Pokiston yetakchilari kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar



31.08.2026

Bishkek shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Pokistonni Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislikni qabul qilayotgani bilan samimiy tabrikladi.

Joriy yilning fevral oyida Islomobodga amalga oshirilgan tarixiy tashrif va boʻlib oʻtgan oliy darajadagi uchrashuvlar munosabatlarimizni yangi sifat bosqichiga koʻtargani alohida qayd etildi.

Muloqot davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika boʻyicha hamkorlik koʻlamini yanada kengaytirish borasida fikr almashildi.

Uchrashuvda hududlararo hamkorlik va gumanitar yoʻnalishdagi aloqalarni rivojlantirish masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Xususan, joriy yilda Xiva shahrida Hududlararo forum oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotgani hamda Pokistonda Oʻzbekiston madaniyati va kinosi kunlarini tashkil etish rejalashtirilayotgani qayd etildi.

Toʻqimachilik, tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi va boshqa muhim sohalardagi loyihalarni jadallashtirish maqsadida qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.