Toshkent shahrida joylashgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (UWED) 2026/2027 o‘quv yili uchun xorijiy fuqarolardan bakalavriat, magistratura va PhD dasturlariga arizalar qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan mamlakatimizda ilk bor O‘zbekistonning boy madaniy merosi, betakror tabiati, zamonaviy shaharlari va turmush tarzini aks ettiruvchi foto hamda video materiallarni bir joyga jamlagan innovatsion media bank – Aura.uz platformasi ishga tushirildi.
Mazkur ilova xorijda istiqomat qilayotgan, xorijga safar qilishni rejalashtirayotgan hamda konsullik masalalari bo‘yicha ma’lumot olishni istagan fuqarolarimiz uchun zamonaviy va qulay yechim hisoblanadi.
Avvalambor, qadimiy va navqiron Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy muloqotini oʻtkazish tashabbusi, barchamizga koʻrsatilayotgan yuksak ehtirom va anʼanaviy mehmondoʻstlik uchun Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich Toqayevga chin dildan tashakkur izhor etaman.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda Turkiston shahrining tarixiy-madaniy markazida boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Turkiston shahrida boʻlib oʻtayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan birgalikda Turkiston shahrida Oʻzbekiston tomonidan bunyod etilgan masjid bilan tanishdilar.