Savdo-iqtisodiy, moliya-texnik va transport sohalarida o‘zbek-turk munosabatlari
Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini 1991y. 16 dekabrda tan olgan. Diplomatik munosabatlar 1992y. 4 martda o‘rnatilgan. 1992y. Apreldan beri Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1993y. Maydan beri esa, O‘zRning Anqaradagi diplomatik missiyasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
I. Savdo-iqtisodiy hamkorlik. Turkiya O‘zbekistonning eng yirik savdo sheriklaridan biri hisoblanadi. (Rossiya, Xitoy va Qozog‘istondan keyin 4-o‘rinda keladi).
O‘zR va TR o‘rtasida 2015-2019 yillarida tovar ayirboshlash hajmi:
mln.doll
|
|
2015 |
2016 |
2017 |
2018 |
2019 |
2018 yilga ko‘ra o‘sish sur'ati |
|
Tovar ayirboshlash |
1 505,8 |
1 175,8 |
1 552,4 |
2 171,7 |
2 525,2 |
122,7 |
|
Eksport |
786,8 |
690,7 |
877,8 |
936,2 |
1 203,6 |
127,4 |
|
Import |
411,7 |
485,1 |
674,6 |
1 235,5 |
1 321,6 |
118,8 |
|
Sal'do |
375,1 |
205,6 |
203,2 |
-299,3 |
-118,0 |
|
2019 yilda O‘zR va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2018 yilning muqobil davriga nisbatan 22,7%ga yuksaldi va 2,52 mlrd. doll.ni tashkil etdi. Shu jumladan, eksport – 1,2 mlrd. doll. (+27,4%), import – 1,3 mlrd. doll. (+18,8%).
Eksportning asosiy pozisiyalari: rangli metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar (57,1%), tekstil' mahsulotlari (17,6%), oziq-ovqat mahsulotlari (8,3%), elektrik uskunalar (4,3%), plastmassalar (4,1%), xizmatlar (4,5%).
Importning asosiy pozitsiyalari: mexanik uskunalar (38,6%), elektrik uskunalar (8%), qurilish materiallari (6,8%), qora metallar va mahsulotlari (5,5%), plastmassalar (5,8%), tekstil' mahsulotlari (5,2%%), transport vositalari (3,9%), oziq-ovqat mahsulotlari (1,8%), mebel' (1,6%), farmasevtik mahsulotlar (1,2%), xizmatlar (1,9%)
2020 yilning yanvar'-oktyabr' oylarida o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 2019 yilning mos davriga nisbatan 19,4% ortti va 1,65 mlrd. doll. tashkil etdi, jumladan eksport – 785,7 mln. doll. (-19,8%), import – 869 mln. doll. (-19%).
II. Investitsion hamkorlik
So’ngi 3 yilda turk sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni uch barobarga ortti. Bugungi kunga kelib ular soni 1 441 taga yeti, shundan 819 tasi 100% turk kapitali ishtirokida tashkil topgan.
2019 yilda Turkiyadan O’zbekistonga 506,8 mln. doll. to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. Shu jumladan, ishlab chiqarish sektoriga- 211,4 mln. doll., qurilish va xizmatlar sektoriga - 169,5 mln. doll., qishloq va o’rmon xo’jaligi – 76,4 mln. doll. va boshqalar – 49,5 mln. doll.
III. Moliyaviy-texnik hamkorlik
Turk hamkorlik va koordinasiya agentligi – TIKA ishtirokida amalga oshirilayotgan texnik yordam loyihalari
Turk hamkorlik va koordinasiya agentligi (TIKA) 1992y. Turkiya Bosh vaziri qoshida tuzilgan.
Maqsad – sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi tizimini modeonizasiyalash, kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish, turli sohalarda mutaxassislarning malakasini oshirish, xalqaro seminarlar va konferensiyalar o‘tkazish bo‘yicha rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish.
1993y.dan beri respublikada Turk hamkorlik va koordinasiya agentligi (TIKA) vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
O‘zbekistonda Agentlik tomonidan, xususan, sog‘liqni saqalash, qishloq xo‘jaligi, kichik va o‘rta biznes tizimlarini rivojlantirish, qator tibbiyot va ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizasiyalash va boshqa yo‘nalishlarda 26,3 mln. doll. qiymatidagi 730 grant loyihalari amalga oshirib bo‘lindi.
2018-2020 yillarda 26 mln. doll. qiymatdagi 140 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi.
IV. Transport sohasidagi hamkorlik
Temir yo‘l transporti
2019y. yakunlariga ko‘ra, temir yo‘llarida yuk tashish hajmi quyidagilardan iborat bo‘ldi: eksport yuklari - 34,3 ming tn (-32%), import yuklari - 10,5 ming tn (+4,2%). Turk eksport yuklarining O‘zbekiston hududidan tranziti – 117,3 ming tn (+51%).
2020 yilning 1-yarim yilligida temir yo‘llarida yuk tashish hajmi -107,3 ming ton tashkil qildi (+17,4%), jumladan eksport yuklari – 40,9 ming tn (+92,8%), import yuklari – 6,3 ming tn (+74,1%), turk eksport yuklarining O‘zbekiston hududidan tranziti – 60,1 ming tn (-9,7%).
Avtomobil yo‘llarida yuk tashish
Ikki mamlakat o‘rtasida xalqaro avtomobil' yo‘llarida yuk tashish 1992y. 28 aprelda imzolangan Xalqaro avtomobi' transporti haqidagi hukumatlararo shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Xalqaro avtomobil' yo‘llarida yuk tashish bo’yicha aralash komissiya faoliyati yo’lga qo’yilgan. Shu kungacha Komissiyaning 6 ta yig’ilishi bo’lib o’tti, jumladan so’ngi yig’ilish 2019 yil 10 iyulda Anqara shahrida tashkil qilindi.
2019y. yakunlariga ko‘ra, avtomobil' yo‘llarida eksport yuklarini tashish hajmi 419,1 ming tn (+36,3%), imkort yuklariniki esa - 399,5 ming tn (+26,9%) bo‘lgan. O‘zbekistondan tranzit shaklida 222 ming tn yuk bilan o‘tgan (+12,5%).
2020 yilning 1-yarim yilligida avtomobil' yo‘llarida eksport yuklarini tashish hajmi - 158,3 ming tn (-23%), import yuklari - 136,8 ming tn (-26%). O‘zbekistondan tranzit shaklida 68,2 ming tn yuk bilan o‘tgan (-31, %).
Havo yo‘li transporti
Havo yo‘li transporti sohasidagi hamkorlik 1994y. 23 iyundagi Havo yo‘li transporti sohasidagi hamkorlik shartnomasi asosida yuritiladi.
2019y. yakunlariga ko‘ra, «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan Turkiya yo’nalishida 1 626 reys amalga oshirilgan (+50,8%), 331,7 ming yo‘lovchi (+6,2%) va 2,5 ming tn yuk tashilgan (-30,2%).
2020 yilning 1-yarim yilligida «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan Turkiya yo’nalishida 363 reys amalga oshirilgan, 57,1 ming yo‘lovchi va 692,2 tn yuk tashilgan.