Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi


O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi

1992-yilning 26-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi bilan Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Mazkur sana munosabati bilan ikki davlat tashqi ishlar vazirlari o‘zaro tabrik yo‘lladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning tabrigida shunday deyiladi:

“O‘zbekistonda Yaponiya bilan yaqin va ishonchli munosabatlar qadrlanadi, biz uni ishonchli do‘st va vaqt sinovidan o‘tgan hamkor deb bilamiz”.

Tabrikda, shuningdek, O‘zbekiston tomoni rasmiy Tokio bilan jahon va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha muloqotni yana-da davom ettirish, xalqaro tashkilotlar va “Markaziy Osiyo+Yaponiya” shakli doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekani taʼkidlanadi.

Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi O‘zbekiston Yaponiya uchun nafaqat uzoq yillik hamkorlik tarixiga ega bo‘lgan do‘st davlat, balki muhim strategik hamkor ekanligini taʼkidladi. Keyingi yillarda ikki tomonlama aloqalar barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Y.Xayasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni Yaponiyada izchil qo‘llab-quvvatlayotgani haqida maʼlumot berdi.

*****

2002-yildan buyon O‘zbekiston va Yaponiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 18 marta siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazilgani O‘zbekiston-Yaponiya strategik sheriklik munosabatlarining yuksak surʼatda borayotganidan dalolatdir.

2021-yilda Muhsinxo‘ja Abdurahmonov O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi.

2019-yildan buyon Yoshinori Fujiyama Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlab kelmoqda.