Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkiya Maorif jamg‘armasi rahbari bilan uchrashuv to’g’risida


Turkiya Maorif jamg‘armasi rahbari bilan uchrashuv to’g’risida

2022-yilning 14-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Turkiya "Maorif" jamg’armasi rahbari Birol Akgun bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari barcha sohalarda jadal rivojlanayotgani ta’kidlandi.

Ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada faollashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Turkiya delegatsiyasining O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralarida bo‘lajak uchrashuvlari o‘zaro tajriba almashish va kadrlar tayyorlash, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha hamkorlikning aniq rejalarini belgilash imkonini berishiga ishonch bildirildi.