O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan, Rossiyaning Ukrainaga yaqin hududlarida joylashgan oliy o'quv yurtlari talabalari uchun xavotirlanishga sabab va asoslar yo'qligini ma'lum qilamiz.
O'zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi Elchixonasi hamda Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiya Federatsiyasining tegishli vazirlik va idoralari bilan yaqin va doimiy aloqada bo'lib turibdi.
Fuqarolarimiz uchun biron bir xavf-xatar yuzaga kelganda, tezkor ravishda tegishli choralar ko'riladi.
Zarur hollarda fuqarolarimiz quyidagi aloqa raqamlariga murojaat qilishlari mumkin:
O'zbekiston Respublikasining Moskvadagi Elchixonasi: +7 499 230-00-76, +7 499 230-00-32;
Rostov-Dondagi Bosh konsulxona: +7 988 586-59-82, +7 918 554-04-76, +7 988 586-70-35, +7 988 586-59-82.