Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining axboroti


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining axboroti

2022-yil 1-mart kuni soat 15.05da Polshaning Katovitse shahridan Ukrainadan evakuatsiya qilingan 253 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari “Uzbekistan Airways” AJning uchinchi maxsus samolyoti bilan Vatanimizga uchib ketdi. Ular orasida 68 ayollar, 54 bolalar va 12 chaqaloqlar bor. Bort Toshkentga taxminan  20:45da qo‘nishi kutilmoqda.

Ukrainadan Polsha hududi orqali evakuatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolarining umumiy soni 762 nafarga yetdi.

Bugun yana ikkita reys tashkil etilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston fuqarolari “Karchova” nazorat punktiga kelishda davom etmoqdalar. Tez orada ular ham Vatanimizga qaytariladilar.