O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimiz fuqarolarini Ukrainadan evakuatsiya qilish bo‘yicha uzluksiz faoliyat ko’rsatadigan tezkor shtab hamda 1164 qisqa raqamli “koll-markaz” tashkil etilgan.
Mazkur masala yuzasidan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Tezkor shtabi” Telegram-kanaliga @Miduzbshtab havolasi orqali ham murojaat qilishingiz mumkin.