2022-yilning 1-2 mart kunlari "Uzbekistan Airways" AJning uchta samolyoti bilan 677 nafar O'zbekiston Respublikasi fuqarosi Polshaning Katovitse aeroporti orqali Ukrainadan evakuatsiya qilindi.
Joriy yil 2-mart holatiga ko'ra, umumiy hisobda Ukrainadan Polsha hududi orqali beshta aviareyslar bilan 1 186 nafar vatandoshimiz olib kelindi.
Bugun yana ikkita evakuatsiya qatnovini tashkil etish rejalashtirilgan. Birinchi reys Toshkent shahridan soat 07:00 da uchib ketgan bo'lsa, keyingisi soat 10:00 da parvoz qiladi.
Polsha hududida mamlakatimizning 800 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 350 nafari Polsha davlat chegarasidagi to'planish nuqtasiga, 450 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.
O'zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi tomonidan jangovar harakatlar ketayotganiga qaramay, mamlakatimiz fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.
Mamlakatimizning Polsha va Ukrainadagi diplomatik vakolatxonalari uzluksiz tartibda ishlamoqda. Fuqarolarimiz uchun issiq ovqat yetkazilib, zarur hollarda tibbiy xizmatlar ko'rsatilmoqda.
O'zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi raqamlari:
+380 44 501 50 00, +380 44 501 41 81,
+380 44 501 41 82, +380 44 501 41 83.
O'zbekistonning Polshadagi Elchixonasi raqamlari:
Maruf Karimov ("Karchova" nazorat-o'tish punktida): +48 508 064 333;
Telegram: +99893 5947557.
Asqar Beknazarov (Katovitse shahri aeroportida): +48 508 995 888; Telegram: + 99890 1160084.
Sardor Axmatov (Elchixonada): +48 502 501 588" Telegram: + 99894 6541010.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “koll-markazi”:
1164 va @Miduzbshtab Telegram-kanali