Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Tashqi ishlar vazirligida yig’ilish


Tashqi ishlar vazirligida yig’ilish

2022-yil 27-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hay'atining kengaytirilgan yig’ilishi bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlangan Vladimir Norov tanishtirildi, unga tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish ham yuklatilgani ma’lum qilindi.

V.Norov hozirgi kunga qadar O'zbekiston Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Abdulaziz Kamilovni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etish va uni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo'yicha o'rinbosari etib tayinlash to'g'risidagi Farmoni o'qib eshittirildi.