Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan muzokaralar


Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan muzokaralar

2022-yil 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Buyuk Britaniya Bosh vazirining Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Nayjel Keysi bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida Afg‘oniston yo‘nalishidagi O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, xususan, Afg‘onistondagi voqealar rivoji muhokama qilindi.

Oliy martabali diplomat O‘zbekistonning afg‘on xalqiga gumanitar ko‘mak berish va Afg‘onistonga iqtisodiy yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Shuningdek, 2022-yil 26-iyulda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya yuzasidan ham fikr almashildi.