Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Qozog'iston hududida bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolari diqqatiga


Qozog'iston hududida bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolari diqqatiga

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida 2022-yil 3-iyuldan 2-avgustga qadar favqulodda holat joriy etildi.

Shu munosabat bilan, O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi "Daut-ota" - "Tajen" (avtomobil) o'tish punktida fuqarolar va yengil transport vositalarining qatnovi vaqtincha to'xtatilgan. Shu bilan birga, ushbu punkt nuqtasi orqali yirik yuk tashuvchi avtomobillarning o'tishiga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, "Nukus-Beyneu-Nukus" yo'nalishi bo'yicha temir yo'l aloqasi ham to'xtatildi.

O'zbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari O'zbekistonga O'zbekiston-Qozog'iston davlat chegarasidagi "Daut-ota" dan tashqari o'tish punktlari orqali kelishlari mumkin. 

Shuningdek, "Aqtau-Nukus", "Aqtau-Urganch", "Olmaota-Toshkent", "Olmaota-Samarqand" va "Nur-Sulton - Toshkent" yo’nalishlaridagi havo qatnovi ham faoliyat ko'rsatmoqda.

O'zbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari maslahat uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkin:

O'zbekistonning Qozog'istondagi Elchixonasi (Nur-Sulton shahri) – 8 (717) 295-45-87;

O'zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi– 8 (727) 390-26-16, 8 (727) 299-20-70;

O'zbekistonning Oqtau shahridagi Bosh konsulxonasi – 8 (729) 277-71-17.