Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston delegatsiyasining Qirg'iz Respublikasiga bo'lajak tashrifi haqida


O'zbekiston delegatsiyasining Qirg'iz Respublikasiga bo'lajak tashrifi haqida

2022-yil 19-20-iyul kunlari O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari yig'ilishida ishtirok etish uchun Cho'lponota shahriga (Qirg'iz Respublikasi) tashrif buyuradi.

Tadbir davomida mintaqaviy siyosat va xavfsizlik masalalari, Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlik, ilmiy-texnikaviy va gumanitar almashinuvning turli jihatlari muhokama qilinadi.

Tashqi ishlar vazirlarining yig'ilishi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to'rtinchi Maslahat uchrashuvi arafasida o'tkazilmoqda.