Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Buyuk Britaniya Elchisi bilan uchrashuv haqida


Buyuk Britaniya Elchisi bilan uchrashuv haqida

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tim Torlotni qabul qildi.

Muloqot chog’ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, taʼlim va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, innovatsiyalar, energetika, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish kabi yo’nalishlardagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Elchi Buyuk Britaniya hukumati mamlakatimizda so‘ngi yillarda jamiyatning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab quvvatlashini taʼkidladi.

Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Buyuk Britaniya hukumatining tomonidan Afg‘oniston mavzusi bo‘yicha O’zbekiston tomoni bilan ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishdan manfaatdorligi ma’lum qilindi.