Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Jazoir Elchisi bilan uchrashuv


Jazoir Elchisi bilan uchrashuv

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov mamlakatimizda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Nosir Busheritni qabul qildi.

V.Norov Elchining O'zbekiston-Jazoir munosabatlarini mustahkamlashga salmoqli hissa qo’shganini qayd etdi.

N.Busherit O'zbekistondagi diplomatic faoliyati mobaynida respublikada keng ko'lamli islohotlar va mamlakatning jadal taraqqiyotiga guvoh bo'lganini e’tirof etdi. 

Tomonlar O'zbekiston-Jazoir hamkorligining dolzarb masalalari, ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi va turli darajadagi bo'lajak uchrashuvlar jadvalini ko'rib chiqdilar.

Ikki mamlakatning xalqaro institutlar doirasidagi sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirishga tayyorligi ta’kidlandi.

N.Busherit O'zbekiston tomoniga diplomatik faoliyatini amalga oshirishda har tomonlama qo'llab-quvvatlagani va qulay shart-sharoitlar yaratgani uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.