Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Tashqi ishlar vazirligida Turkiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Tashqi ishlar vazirligida Turkiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar, ta’lim va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida turli daraja va shakllarda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan ham fikr almashdilar.