Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Anqarada O'zbekiston va Turkiya o'rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi


Anqarada O'zbekiston va Turkiya o'rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi

TOSHKENT, 25-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston va Turkiya o'rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyaning 7-yig'ilishi joriy yil 25-26-dekabr kunlari Anqara shahrida bo'lib o'tadi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Yig'ilishga O'zbekiston Bosh vazir o'rinbosari Jamshid Qo'chqorov va Turkiya Vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz hamraislik qiladi.

 

Yig'ilish kun tartibidan ikki tomonlama savdo va investitsiyalar hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini yo'lga qo'yish, elektr bozorini tartibga solish, to'qimachilik, elektrotexnika, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohalarida hamkorlikni kengaytirish va boshqa masalalar o'rin olgan.

 

Hukumatlararo komissiyaning 7-yig'ilishi yakuni bo'yicha qo'shma Bayonnoma imzolanishi hamda ikki mamlakat o'rtasida hamkorlikni kengaytirish bo'yicha «Harakatlar rejasi» qabul qilinishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, tadbir davomida o'zbek-turk ishbilarmon doiralarining o'zaro aloqalarini jadallashtirishga qaratilgan biznes-forum va ikki mamlakat mahalliy tadbirkorlari o'rtasida B2B va B2C formatidagi uchrashuvlar tashkil etiladi.

 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Turkiya o'rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyaning 6-yig'ilishi 2021-yilning 28-iyun kuni Toshkent shahrida o'tkazilgan edi.