Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekistonning Istanbuldagi yangi bosh konsuli o'z vazifasini bajarishga kirishdi


O'zbekistonning Istanbuldagi yangi bosh konsuli o'z vazifasini bajarishga kirishdi

ISTANBUL, 3-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Istanbuldagi yangi bosh konsuli Sherzod Abdunazarov o'z vazifasini bajarishga kirishdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Diplomat shu kunga qadar Bosh konsullikda 1-kotib lavozimida ishlab kelayotgan edi. Yangi bosh konsul 41 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.

2007-yildan buyon Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) hamda Tashqi ishlar vazirliklari tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Sherzod Abdunazarov 2020–2023-yillarda Istanbuldagi Bosh konsullikni boshqargan va O'zbekistonning Polshadagi elchisi etib tayinlangan Amirsaid A'zamxo'jayev o'rniga tayinlandi.

O'zbekiston Bosh konsulligining konsullik okrugi tarkibiga Istanbul shahri, Turkiyaning Oydin, Balikesir, Bilejik, Bursa, Izmir, Kojaeli, Kirklareli, Manisa, Mug'la, Sakarya, Tekirdag, Chanakkale va Edirne viloyatlari, shuningdek, Bolgariya va Ruminiya kiradi.