O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Turkiya elchisi bilan uchrashdi
TOSHKENT, 19-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev bugun Turkiya elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvda tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati hamda ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.