Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston va Kuvayt TIV rahbarlari Turkiyaning Antaliya shahrida muzokara o'tkazdilar


O'zbekiston va Kuvayt TIV rahbarlari Turkiyaning Antaliya shahrida muzokara o'tkazdilar

TОSHKENT, 2 mart. /"Dunyo" AA/. Antaliya diplomatik forumida  ishtirok etish  hamda hamda xorijiy mamlakatlar tashqi siyosat idoralari va xalqaro tuzilmalar rahbarlari bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar o'tkazish uchun Turkiyaga borgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulla Ali al-Yahyo bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Antaliya diplomatik forumi doirasida Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulla Ali al-Yahyo janoblari bilan uchrashishdan xursandmiz, — deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. — O'zbekiston-Kuvayt aloqalari kun tartibi kundan-kunga boyib borishda davom etmoqda. Ikki va ko'p tomonlama shakllarda bo'lajak yuqori darajadagi muloqotlar, iqtisodiy va madaniy diplomatiyani rivojlantirish, hamkorlikning yangi yo'llarini topish uchrashuvimizning asosiy mavzularidan bo'ldi".