O'zbekiston tashqi ishlar vaziri va Turkiy madaniyat va meros jamg'armasi prezidenti qo'shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi
TOSHKENT, 3-mart. /"Dunyo" AA/. Kecha Antaliya diplomatik forumi doirasida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy madaniyat va meros jamg'armasi prezidenti Aqtoti Rayimqulova bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Turkiy madaniyat va meros jamg'armasi prezidenti Aqtoti Rayimqulova xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Muloqotimiz chog'ida mushtarak madaniyatimiz va merosimizni asrab-avaylash, o'rganish va targ'ib etishning ahamiyatiga hamda bu yo'nalishda qo'shma loyiha va dasturlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratdik".
Eslatib o'tamiz, 2023-yil noyabr oyida Aqtoti Rayimqulova Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi qarori bilan Turkiy madaniyat va meros jamg'armasi prezidenti etib tayinlangan edi. U bungacha Qozog'iston madaniyat va sport vaziri o'rinbosari, vazir, Roza Baglanova nomidagi "Qozoqkonsert" Davlat konsert tashkiloti direktori lavozimlarida ishlagan.