O'zbekiston TIV rahbari Antaliya diplomatik forumida ishtirok etdi
TOSHKENT, 3-mart. /"Dunyo" AA/. Kecha Turkiyaning Antaliya shahrida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ishtirok etgan diplomatik forum o'z ishini yakunladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Antaliya diplomatik forumida qatnashganimizdan xursandmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Bizni tadbirga taklif qilgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan janoblariga minnatdorlik bildiramiz. Darhaqiqat, butun dunyoda barqaror rivojlanish va farovonlikni ta'minlashda diplomatiyaning o'rni har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda".