Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston va Rossiya TIV rahbarlarining Antaliyada bo'lib o'tgan uchrashuvi yetakchi rus ommaviy axborot vositalarining nigohida


O'zbekiston va Rossiya TIV rahbarlarining Antaliyada bo'lib o'tgan uchrashuvi yetakchi rus ommaviy axborot vositalarining nigohida

MOSKVA, 4-mart. /"Dunyo" AA/. Yetakchi rus ommaviy axborot vositalari Rossiya va O'zbekiston tashqi ishlar vazirlari o'rtasida Antaliya diplomatik forumi doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvni keng yoritmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, "Mir 24" davlatlararo telekanalida Turkiyada bo'lib o'tgan Antaliya diplomatik forumi doirasida O'zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo'lib o'tgani haqidagi axborot materialini efirga uzatdi.

 

"Baxtiyor Saidov va Sergey Lavrov ikki davlat rahbarlarining kelishuvlariga muvofiq Rossiya va O'zbekiston o'rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikning yuqori dinamikasini ta'minlashga sodiq ekanliklarini tasdiqladilar",— deya qayd etgan telekanal muxbiri.

 

Teledasturda ta'kidlanishicha, siyosatchilar ikki tomonlama munosabatlarning ayrim dolzarb masalalarini ham muhokama qildilar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi tomonlarni qiziqtirgan qator masalalar, jumladan, MDH va SHHT doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.

 

"TASS" axborot agentligi Turkiyada bo'lib o'tgan Antaliya diplomatik forumi doirasidagi uchrashuv chog'ida O'zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari ikki davlat rahbarlarining o'zaro kelishuvlariga muvofiq ikki mamlakatlarimiz o'rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikning yuqori dinamikasini ta'minlash tarafdori ekanliklarini tasdiqlaganliklarini urg'ulagan.

 

2023-yil 22-may kuni O'zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi, deb xabar tarqatdi "MDH Ovozi" onlayn radiosi.

 

"Suhbatdoshlar ikki tomonlama hamkorlik kun tartibidagi keng ko'lamli masalalarni atroflicha ko'rib chiqdilar, sheriklikning ustuvor yo'nalishlarini ham belgilab oldilar", — deyiladi materialda.

 

Qayd etilishicha, vazirlar savdo-iqtisodiy sohada sheriklikni chuqurlashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar. Ta'kidlanishicha, muloqot chog'ida joriy yilning yanvar oyidan buyon ikki davlat o'rtasidagi o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 2,4 milliard dollarni tashkil etib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 28 foizga oshgani bildirildi. Shu munosabat bilan tomonlar ushbu sohadagi hamkorlikning ijobiy dinamikasini qo'llab-quvvatlash bo'yicha birgalikdagi chora-tadbirlarni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishdi.

 

"Bundan tashqari, diplomatlar parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish va sayyohlik almashinuvini oshirish masalalarini muhokama qildilar", — deb xabar qilgan "MDH ovozi".