Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Sport kurashlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Antalyada shohsupaga ko'tarildi


Sport kurashlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Antalyada shohsupaga ko'tarildi

TOSHKENT, 11-mart. /"Dunyo" AA/. Turkiyaning Antalya shahrida sport kurashlari bo'yicha xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg'ardi.

 

Jumladan, yunon-rum kurashida Mahmud Baxshulloyev (-67 kg,) kumush, Abror Atabayev (-67 kg) bronza medalini qo'lga kiritdi. Erkin kurashda  Behruz Turonmuradov (-61 kg), Bobur Islomov (-86 kg), ayollar kurashida esa Shohida Ahmedova (-53 kg) bronza medaliga sazovor bo'lishdi.