TIVda O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
TOSHKENT, 6-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirligida Shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig'i Amir Sultonov va Turkiya elchisi Olgan Bekar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston va Turkiya o'rtasida ishlab chiqilayotgan xalqaro shartnomalar loyihalari muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.
Uchrashuvda o'zaro huquqiy yordam, ilmiy-injenerlik ishlanmalari va yuqori texnologiyalar, bojxona, elektron hukumat, kosmosdan tinchlik maqsadlarida foydalanish, madaniyat, turizm va mintaqalararo hamkorlik kabi sohalarda yangi xalqaro shartnoma va hujjatlarni ishlab chiqish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.