Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

TIVda O'zbekiston va Turkiya o'rtasida ishlab chiqilayotgan xalqaro shartnomalar loyihalari muhokama qilindi


TIVda O'zbekiston va Turkiya o'rtasida ishlab chiqilayotgan xalqaro shartnomalar loyihalari muhokama qilindi

TOSHKENT, 15-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig'i Amir Sultanov Turkiya TIV Shartnomalar va xalqaro huquq bosh direktorati departament boshlig'i Teoman Uykur bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston va Turkiya o'rtasida ishlab chiqilayotgan xalqaro shartnomalar loyihalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, birgalikdagi tadbirlar doirasida imzolashga o'z vaqtida va lozim darajada tayyorlash yuzasidan tomonlar muhokamasida bo'lgan ilmiy-injenerlik ishlanmalari va yuqori texnologiyalar, bojxona, madaniyat, turizm va mintaqalararo hamkorlikka doir ikki tomonlama hujjatlar loyihalari ko'rib chiqildi.

 

Tomonlar ikki davlat o'rtasida mehnat migrantlari va ularning oila a'zolari huquqlarini himoya qilish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi sohalarda imzolangan xalqaro shartnomalarning ratifikatsiya jarayonlarini faol amalga oshirish xususida ham fikr almashdilar.