Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Toshkentda TDTga a'zo mamlakatlar vazirlik va idoralari matbuot kotiblari ishtirokida qo'shma o'quv-seminari bo'lib o'tmoqda


Toshkentda TDTga a'zo mamlakatlar vazirlik va idoralari matbuot kotiblari ishtirokida qo'shma o'quv-seminari bo'lib o'tmoqda

TOSHKENT, 29-may. /"Dunyo" AA/. Poytaxtimizda Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a'zo mamlakatlar vazirlik va idoralari matbuot kotiblarining "Axborot xizmatlari 2024: milliy va xorijiy tajriba" mavzucida qo'shma o'quv-seminari bo'lib o'tmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ma'lumotiga ko'ra, o'quv-seminarini ochib bergan agentlik direktori Asadjon Xodjayev ishtirokchilarni qutlar ekan, turkiy mamlakatlar bilan har tomonlama, shu jumladan, axborot sohasida aloqalarni rivojlantirish Yangi O'zbekiston tashqi siyosatining muhim jihatlaridan biri ekanligini ta'kidladi.

 

Tadbirda, shuningdek, TDT eksperti Almagul Serikbayeva, Ozarbayjon Audiovizual kengashi raisi Ismat Sattarov, Qozog'iston Madaniyat va axborot vazirligi Axborot qo'mitasi Jamoatchilik bilan aloqalarni muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i Aksholpan Marat, Turkiya elchisi Olgan Bekar so'zga chiqib, qo'shma-seminarning ahamiyati haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 

O'quv-seminari TDTga a'zo mamlakatlarning axborot xizmatlari faoliyati taqdimotlari bilan davom etmoqda.

 

O'quv-seminari doirasidagi tadbirlar 30-mayga qadar davom etadi.