Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Fransiyadan munosabat: Tashrif O'zbekiston-Turkiya ikki tomonlama sheriklik munosabatlarini kengaytirishda yangi sahifa ochadi


Fransiyadan munosabat: Tashrif O'zbekiston-Turkiya ikki tomonlama sheriklik munosabatlarini kengaytirishda yangi sahifa ochadi

PARIJ, 7-iyun. /"Dunyo" AA/. Yevropada prognozlash va xavfsizlik instituti eksperti Jan-Antuan Dyupra "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlarini izohladi:



—Tashrif ikki tomonlama o'zbek-turk munosabatlari va davlat rahbarlari o'rtasida mustahkamlangan ishonchli aloqalar izchil rivojlanib borayotganining yaqqol tasdig'idir.

Ushbu tashrif va uning doirasida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig'ilishi bo'lib o'tishi, unda ikki davlat o'rtasidagi sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama etilishi bilan e’tiborlidir.

Shuningdek, rasmiy tashrif davomida ikki davlat rahbarlari raisligida O'zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashi tashkil etildi.

Ta’kidlash joizki, O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlik keyingi yillarda juda faol rivojlanmoqda. O'tgan yillar davomida Turkiya O'zbekistonning yirik savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri bo'lib, Rossiya, Xitoy va Qozog'istondan keyin 4-o'rinni egalladi.

O'zbekistonda ikki mingga yaqin O'zbekiston-Turkiya qo'shma korxonasi mavjud. Ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar, xususan, to'qimachilik mahsulotlari mintaqa va jahon bozorida xaridorgir.

Aytish mumkinki, O'zbekiston Prezidentining Turkiyaga rasmiy tashrifi ikki tomonlama sheriklik munosabatlarini kengaytirishda yangi istiqbollarni ochib beradi. Shuningdek, ikki qardosh davlat va xalqlar o'rtasidagi ko'p qirrali strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.