Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Qatardan munosabat: O'zbekiston va Turkiya munosabatlarining kuchli dinamikasi ikki davlat o'rtasidagi siyosiy iroda hamda tarixiy qardoshlik rishtalari tufaylidir


Qatardan munosabat: O'zbekiston va Turkiya munosabatlarining kuchli dinamikasi ikki davlat o'rtasidagi siyosiy iroda hamda tarixiy qardoshlik rishtalari tufaylidir

DOXA, 7-iyun. /"Dunyo" AA/. Qatarning "Asian Telegraph Qatar" gazetasi muharriri Ashraf Siddiqiy "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlarini quyidagicha izohladi:

— Tashrifi Yaqin Sharq mamlakatlari, jumladan, Qatarda ham katta qiziqish uyg'otdi. O'zbekiston ham, Turkiya ham Qatar bilan muhim strategik hamkorlikni davom ettirmoqda.

 

O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi chuqur aloqalar Turkiya 1991-yilda respublika mustaqilligini birinchi bo'lib tan olganligi va keyinchalik ular Turkiy davlatlar tashkilotida mintaqaviy alyans ishtirokchilari bo'lganligi bilan tasdiqlanadi.

 

Ushbu hamkorlik o'zaro tovar ayirboshlash hajmining qariyb 3 milliard dollarini tashkil etishiga ko'maklashdi va 1300 dan ortiq turk kompaniyalarining O'zbekistonning turli tarmoqlariga investitsiya kiritishga jalb etdi. Shuningdek, 2018-yilda Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashi orqali ikki davlat rahbarlarining muntazam muloqoti uchun zamin yaratdi.

 

Kengashning 6-iyun kuni Anqarada bo'lib o'tgan uchinchi yig'ilishida O'zbekiston va Turkiya rahbariyatining keng qamrovli siyosiy muloqotni yanada chuqurlashtirish va o'zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga intilishi davom etayotgani alohida ta'kidlandi.

 

Ikki tomonlama munosabatlarning kuchli dinamikasi, savdo-sotiq, investitsiya, qo'shma loyihalar, qo'shma korxonalar, ta'lim, sog'liqni saqlash, turizm, madaniyat, san'at va sport sohalaridagi hamkorlik ikki davlat o'rtasidagi siyosiy iroda va tarixiy qardoshlik rishtalari tufaylidir.