Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Britaniyadan munosabat: O'zbekiston-Turkiya hamkorligi mamlakatlar taraqqiyoti va ikki xalq farovonligiga qaratilgan


Britaniyadan munosabat: O'zbekiston-Turkiya hamkorligi mamlakatlar taraqqiyoti va ikki xalq farovonligiga qaratilgan

LONDON, 7-iyun. /"Dunyo" AA/. Buyuk Britaniya Xalqaro taraqqiyot instituti ilmiy xodimi, global boshqaruv va geosiyosiy risklar bo'yicha tahlilchi Zehra Zaidi "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Anqara shahrida bo'lib o'tgan oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig'ilishidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:

— O'zbekistonning Turkiya bilan ikki tomonlama munosabatlari sifatli rivojlanish, strategik sheriklikning yangi modelini jadal qurish va o'zaro manfaatli hamkorlik uchun yangi o'sish nuqtalari paydo bo'lishini namoyish etib, yangi bosqichga ko'tarilmoqda.

 

O'tgan sakkiz yil davomida ikki davlat rahbarlari do'stona munosabatlarning mustahkam poydevorini yaratdilar. Jumladan, Turkiya–O'zbekiston Strategik hamkorlik kengashi doirasida ikki davlat rahbarlari raisligida doimiy faoliyat yurituvchi muassasa tashkil etilgani munosabatlarni institutsionallashtirish yo'lida muhim qadam bo'ldi.

 

Turkiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aloqalarini sezilarli darajada oshirib, ularning aksariyati uchun asosiy savdo sherigi va investoriga aylandi. Bu O'zbekiston Prezidentining xizmati ekanini aytib o'tish kerak.

 

Men O'zbekiston va Turkiya rahbarlarining shaxsiy yaqin do'stona munosabatlarini davlatlararo uzluksiz rivojlanishning lokomotivi, deb hisoblayman.

 

Ushbu tashrif Turkiyaning O'zbekistonga va butun mintaqaga yuqori darajada jiddiy qiziqishini tasdiqlaydi. Shubhasiz, O'zbekiston–Turkiya hamkorligi mamlakatlar taraqqiyoti va ikki xalq farovonligiga qaratilgan.