Janubiy Koreyadan munosabat: O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi munosabatlar ikki tomonlama hamkorlikning namunasidir
SEUL, 7-iyun. /"Dunyo" AA/. "Seoul City News" agentligi direktori Shin Xyon Du "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 6-iyun kuni Anqara shahrida bo'lib o'tgan oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig'ilishidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi munosabatlar umumiy qadriyatlar, manfaatlar va bir-biriga hurmatga asoslangan muvaffaqiyatli ikki tomonlama hamkorlikning namunasidir. Har ikki davlat turli sohalardagi sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish va kengaytirish tarafdori, bu ularning birgalikdagi taraqqiyoti va rivojlanishiga xizmat qiladi.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yuksak darajada ekanini tasdiqlagani bilan muhim voqea bo'ldi. Tashrif, shuningdek, turli sohalarda strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi oliy darajadagi hamkorlik va ishonchli muloqotni mustahkamlash ramziga aylandi.
O'zbekiston va Turkiya rahbarlari keng ko'lamli hamkorlikni yanada kengaytirish istagini tasdiqladilar. Tomonlar tovar ayirboshlash, sarmoyaviy hamkorlik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni oshirish istiqbollarini muhokama qildilar, bu ularning iqtisodiy va siyosiy aloqalarni chuqurlashtirishga intilishidan dalolat beradi.
Tashrifning eng muhim jihati O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig'ilishi bo'ldi. Ushbu uchrashuvda ko'p qirrali sheriklikni chuqurlashtirishga qaratilgan muhim hujjatlar imzolanib, savdo, energetika va yuqori texnologiyalar sohalarida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy masalalari muhokama qilindi.
Xususan, transport-logistika infratuzilmasi sohasidagi kelishuvlarning imzolanishi Yevropa va Osiyo o'rtasidagi savdo yo'nalishlarini yaxshilash uchun yangi istiqbollarni ochadi. "O'rta koridor" imkoniyatlaridan samarali foydalanish savdo hajmini oshiradi va logistikani yaxshilaydi, bu esa har ikki davlat iqtisodiyoti uchun foydali bo'ladi.