Italiyadan munosabat: Tashrif davomida O'zbekiston-Turkiya aloqalarini yanada yaxshilashga qaratilgan bir qator shartnomalar imzolandi
RIM, 7-iyun. /"Dunyo" AA/. Italiyaning "Sandro Teti Editore" noshirlik kompaniyasi direktori va siyosatshunos Sandro Teti "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 6-iyun kuni Turkiyaga bo'lib o'tgan rasmiy tashrifi yakunlari haqidagi fikrlarini bildirdi:

— O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev dunyodagi eng faol va ilg'or rahbarlardan biridir. Italiya rasmiy Toshkentning Yevropa Ittifoqidagi strategik hamkoridir. 6-iyun kuni O'zbekiston Prezidenti Turkiyada rasmiy tashrif bilan bo'lib, u yerda Prezident Rejep Tayyip Erdog'an bilan samarali muzokaralar o'tkazdi. Natijada, ikki davlat o'rtasidagi mavjud munosabatlarni yanada yaxshilash bo'yicha bir qator shartnomalar imzolandi. Davlat rahbarlari kelgusi yilda mamlakatlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish kerakligi haqida kelishib oldilar.
Shuningdek, O'zbekiston Prezidenti Turkiyaning oliy davlat mukofoti – "Turkiya Respublikasi nishoni" bilan taqdirlandi. Bir necha yil avval Prezident Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqining Uchinchi Renessans davriga tamal toshini qo'ygan edi.
Italiya uchun o'zbek-turk munosabatlarining barqaror rivojlanishi logistika yo'nalishlari – Turkiya, Ozarbayjon va undan keyingi Markaziy Osiyoga o'tadigan "O'rta koridor"ni yo'lga qo'yish nuqtai nazaridan manfaatdordir. Bu omil Yevropa uchun Markaziy Osiyo mintaqasi va Xitoy bilan aloqalarni kengaytirishga qaratilgan "Global Gateway" tashabbusini amalga oshirish doirasida katta rol o'ynaydi.