Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Dehlidan munosabat: Anqarada erishilgan yangi kelishuvlar O'zbekiston–Turkiya munosabatlarini mustahkamlash bo'yicha qat'iy sa'y-harakatlarning yanada faollashuviga ishonchli turtki berdi


Dehlidan munosabat: Anqarada erishilgan yangi kelishuvlar O'zbekiston–Turkiya munosabatlarini mustahkamlash bo'yicha qat'iy sa'y-harakatlarning yanada faollashuviga ishonchli turtki berdi

DEHLI, 7-iyun. /"Dunyo" AA/. "Global India Business Forum" jamg'armasi prezidenti doktor Jitendra Joshi (Hindiston) "Dunyo" AA uchun bergan intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 6-iyun kuni Turkiyaga buyurgan rasmiy tashrifi yakunlariga o'z munosabatini bildirdi:

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning Anqaraga rasmiy tashrifi so'nggi yillarda yuksak sur'atlarda rivojlanib borayotgan O'zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish uchun yangi istiqbollarni ochdi.

 

Davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi, oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig'ilishi, ishbilarmon doiralarning biznes forumi va boshqa tadbirlarda hamkorlikning barcha jabhalari qamrab olindi, o'zaro munosabatlarning samarali yo'nalishlari belgilab olindi. Sanoat, "yashil" energetika, elektrotexnika, to'qimachilik, farmatsevtika, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarda yangi loyihalarning salmoqli portfeli shakllantirildi.

 

Tomonlar hamkorlik munosabatlarining bugungi darajasini yanada yuksaltirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligiga ishonch bilan qaramoqda.

 

Davlat rahbarlari raisligidagi O'zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashi tashkil etilgani, Istanbul shahrida O'zbekistonning savdo vakolatxonasi ochilayotgani, Imtiyozli savdo bitimi doirasida mahsulot turlarini kengaytirilayotgani va boshqa muhim kelishuvlar o'zaro tovar ayirboshlashni 5 milliard dollarga yetkazish bo'yicha ko'zlangan maqsadga tez fursatlarda erishilishidan dalolat bermoqda.

 

Bir qarashda oddiy bo'lib ko'ringan misol — ikki davlatning yirik shaharlari o'rtasida haftasiga 90 ta aviaparvoz amalga oshirilayotgani va Turkiyadan O'zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 3 barobarga ko'paygani ham tomonlarning bir biriga o'zaro intiluvini yorqin ifodalab turibdi.

 

Tashrif doirasidagi tadbirlar chog'ida O'zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Strategik hamkorlik kengashi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgani alohida ta'kidlandi. 6-iyun kuni Anqarada erishilgan yangi kelishuvlar ushbu yo'nalishdagi qat'iy sa'y-harakatlarning yanada faollashuviga ishonchli turtki berdi.