Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Germaniyadan munosabat: Turkiya O'zbekistonning xalqaro maydondagi eng muhim siyosiy, iqtisodiy va strategik sheriklaridan biri hisoblanadi


Germaniyadan munosabat: Turkiya O'zbekistonning xalqaro maydondagi eng muhim siyosiy, iqtisodiy va strategik sheriklaridan biri hisoblanadi

BERLIN, 7-iyun. "Dunyo" AA/. Germaniyalik islomshunos olima, "Cultur-Cooperation International e.V" tashkiloti rahbari Ketlin Gyobel "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 6-iyun kuni Turkiyaga buyurgan rasmiy tashrifi yakunlari haqidagi fikrlarni bildirdi:

— Tashrif muhim voqea bo'lib, buni O'zbekiston-Turkiya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash yo'lidagi navbatdagi katta qadam deb hisoblayman. Nazarimda, ushbu tashrif e'tiborga loyiq bir qancha muhim jihatlarga ega.

 

Ma'lumki, so'nggi yillarda Turkiya tashqi aloqalarni mustahkamlashga katta e'tibor qaratmoqda va bu borada sezilarli yutuqlarga ham erishdi.

 

O'zbekistonni global iqtisodiy o'zgarishlar davrida o'z iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va sarmoyaviy muhitni yaxshilashga intilayotgan davlat sifatida bilaman. Faol iqtisodiy islohotlar bosqichida bo'lgan O'zbekiston Turkiya uchun zarur investitsiya va texnologik qo'llab-quvvatlashni taklif eta oladigan muhim hamkor sanaladi. O'z navbatida, Turkiya ham O'zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy ta'sirini kengaytirish strategiyasida asosiy hamkor sifatida ko'radi.

 

Turkiya ayni paytda O'zbekistonning xalqaro maydondagi eng muhim siyosiy, iqtisodiy, strategik sheriklaridan biri hisoblanadi. Ikki davlat rahbarlari boshchiligida Anqarada oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig'ilishi hamda yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan ilk qo'shma uchrashuvlarning o'tkazilishi, albatta, ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga hamda O'zbekistonga yangi turk hamkorlari va investorlarini jalb etishga katta turtki bo'ladi.

 

Bundan tashqari, tashrifning siyosiy jihati ham e'tiborga loyiqdir. Ikki davlat qator mintaqaviy va xalqaro muammolar bo'yicha o'z pozitsiyalarini muvofiqlashtirishga tayyor ekanliklarini namoyish etishmoqda. Yevropa Ittifoqi, xususan, mintaqadagi iqtisodiy va investitsiyaviy jarayonlarda faol ishtirok etayotgan Germaniya uchun bu barqaror rivojlanish borasidagi maqsadlarini amalga oshirishga qo'shimcha imkoniyatlar ochadi.

 

Shu munosabat bilan, O'zbekiston Prezidentining Turkiyaga safarini ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish va mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash yo'lidagi muhim qadam deb hisoblayman. Tashrif ko'p tomonlama hamkorlikning, qolaversa, Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiy etishidan manfaatdor Yevropa davlatlarining turli sohalardagi hamkorligi uchun yangi istiqbollarni ochadi.