Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Qirg'izistondan munosabat: Tashrif O'zbekiston tashqi siyosatining ko'p vektorli ekanligini va o'zbek-turk munosabatlarining o'ziga xosligini ta'kidlaydi


Qirg'izistondan munosabat: Tashrif O'zbekiston tashqi siyosatining ko'p vektorli ekanligini va o'zbek-turk munosabatlarining o'ziga xosligini ta'kidlaydi

BISHKEK, 8-iyun. "Dunyo" AA/. Qirg'iziston Prezidenti huzuridagi Milliy strategik tadqiqotlar institutining sobiq direktori, siyosatshunos Kanatbek Aziz "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 6 iyun kuni Turkiyaga buyurgan rasmiy tashrifi yakunlari haqidagi fikrlarni bildirdi:

– Tashrif, menimcha, O'zbekiston tashqi siyosatining ko'p vektorli ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Shuningdek, O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi o'ziga xos munosabatlar ham ta'kidlaydi. Shu o'rinda, rasmiy Anqara jahon davlatlari ichida birinchi bo'lib O'zbekiston mustaqilligini tan olganini, Toshkent shahrida o'z elchixonasini ochganini eslab o'tish joiz.

 

Ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar haqida gapiradigan bo'lsak, Turkiya O'zbekistonning savdo hamkorligi ko'rsatkichi bo'yicha to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Shu bilan birga, o'zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb uch barobarga oshib, 2023-yilda 3,1 milliard AQSh dollariga yetdi. Turkiyaning O'zbekistonga eksporti esa o'tgan yili 1,85 milliard AQSh dollaridan oshdi.

 

Ishonchim komilki, geosiyosiy notinchlik davrida Markaziy Osiyo mintaqasining boshqa davlatlari ham, Yevropaning ayrim davlatlari ham ushbu tashrifdan manfaatdor bo'lishi mumkin. Chunki bunday muloqotlar jarayonida ular ishtirok etayotgan integratsiya loyihalarini tez amalga oshirish masalalari ko'rilmoqda.

 

"Osiyo-Tinch okeani mintaqasi – Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Turkiya – Yevropa" multimodal transport koridorini rivojlantirishni misol qilib keltirishimiz mumkin. Zero, bunday keng ko'lamli loyihalarni amalga oshirish tashqi savdo salohiyatini oshirish bilan birga, barcha ishtirokchilarga yagona xavfsizlik siyosatini shakllantirish imkoniyatini taqdim etadi.