Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Rossiyadan munosabat: O'zbekiston-Turkiya o'rtasidagi munosabatlarda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar markaziy o'rinni egallaydi


Rossiyadan munosabat: O'zbekiston-Turkiya o'rtasidagi munosabatlarda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar markaziy o'rinni egallaydi

MOSKVA, 8-iyun. "Dunyo" AA/. Rossiyaning "Nezavisimaya gazeta"sining sharhlovchisi Viktoriya Panfilova "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 6-iyun kuni Turkiyaga buyurgan rasmiy tashrifi yakunlari haqidagi fikrlarni bildirdi:

— O'zbekiston Prezidentining 6-iyun kuni Turkiyaga bo'lib o'tgan rasmiy tashrifi ikki davlat o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni mustahkamlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi.

 

Tashrif yakunlari bo'yicha ikki davlat hukumatlariga imzolangan kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha qo'shma "yo'l xaritasi"ni tasdiqlash vazifasi topshirildi. Kelgusi yillarga mo'ljallangan chora-tadbirlar rejasini o'zida mujassam etgan hujjat amaliy hamkorlikni kengaytirish, birinchi navbatda, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat, "yashil" energetika, elektrotexnika, to'qimachilik, farmatsevtika sanoati, agrar sektor va boshqa sohalarda, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik dasturi doirasida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish kabi muhim yo'nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan.

 

Ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar markaziy o'rinni egallaydi. Turkiya kompaniyalari bugungi kunda O'zbekistonda 100 dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro tovar ayirboshlash hajmini o'rta muddatli istiqbolda 5 milliard dollarga, uzoq muddatda esa 10 milliard dollarga yetkazish rejalari belgilab olindi. So'nggi olti yilda O'zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan turk investitsiyasi hajmi 3,5 milliard dollarni tashkil etdi.

 

Ikki davlat rahbarlari raisligida bo'lib o'tgan oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi majlisi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini yanada muhokama qilish va strategik sheriklikni mustahkamlashning yangi yo'llarini izlash uchun muhim maydonga aylanadi.

 

Shunday qilib, O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi hamkorlik yangi sur'at kasb etib, har ikki davlat uchun keng rivojlanish istiqbollarini ochmoqda. Erishilgan muvaffaqiyatlar har ikki xalqning iqtisodiy o'sish va madaniy almashinuv uchun qulay muhit yaratish bilan birgalikda ishlashga tayyorligi va qobiliyatini tasdiqlaydi.

 

Ta'lim, madaniyat va kinematografiya sohalaridagi o'zaro hamkorlik xalqlar o'rtasidagi chuqur o'zaro tushunish va do'stona aloqalarni mustahkamlash uchun ko'prik bo'lib xizmat qiladi. Bu nafaqat iqtisodiy tashabbuslarni rag'batlantirish, balki madaniy muloqotni boyitishda ham muhim ahamiyatga ega.