Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Qatardan munosabat: Tashrif davomida erishilgan kelishuvlar O'zbekiston-Turkiya munosabatlarini yanada yaxshilash va aholi farovonligini ta'minlashga xizmat qiladi


Qatardan munosabat: Tashrif davomida erishilgan kelishuvlar O'zbekiston-Turkiya munosabatlarini yanada yaxshilash va aholi farovonligini ta'minlashga xizmat qiladi

DOXA, 8-iyun. /"Dunyo" AA/. Qatarning "UCC Holding" kompaniyasi departamenti direktori Mexmet Arif Ozozan "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlarini quyidagicha izohladi:

— Prezident Rejep Tayyip Erdog'anning taklifiga binoan joriy yilning 6-iyun kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo'ldi.

 

Turkiya fuqarosi sifatida ikki qardosh davlat O'zbekiston va Turkiya strategik sherik ekanidan faxrlanaman. O'zbekiston Prezidentining Turkiyaga bu galgi strategik tashrifi munosabatlarimizni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi shubhasiz.

 

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning chuqur o'ylangan va mutanosib tashqi siyosati tufayli mamlakatlarimiz o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha yangi davr boshlandi.

Bugungi kunda O'zbekiston Turkiyaning asosiy hamkor davlatlaridan biri bo'lib, Markaziy Osiyo iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim o'rin tutadi.

 

Quvonarlisi, Prezident Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi arafasida Turkiyada qo'shma biznes-forum tashkil etildi. Unda Turkiyaning "Onur Group", "IC Ictas Insaat", "YDA Group", "Rönesans Holding", "Ostim", "Doğan Holding", "Aksa Energy", "Çalık Holding", "Akfen Holding", "Yildiz Group" kabi yetakchi kompaniyalarini jalb qilgan holda qishloq xo'jaligi, sog'liqni saqlash, to'qimachilik, geologiya, elektrotexnika, farmatsevtika, charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish, qurilish va energetika sohalarida loyihalarni amalga oshirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

 

Oliy darajadagi Turkiya-O'zbekiston Strategik hamkorlik kengashining uchunchi yig'ilishida har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya, ta'lim va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yangi kelishuvlar imzolandi.

 

Bu kelishuvlar, shubhasiz, o'zaro manfaatli munosabatlarni yanada yaxshilash va mamlakatlarimiz aholisining hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi.