Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkiyadan munosabat: O'zbekiston va Koreya Respublikasi o'rtasidagi ikki tomonlama sheriklik munosabatlarining hozirgi darajasi ijobiy dinamika bilan tavsiflanadi


Turkiyadan munosabat: O'zbekiston va Koreya Respublikasi o'rtasidagi ikki tomonlama sheriklik munosabatlarining hozirgi darajasi ijobiy dinamika bilan tavsiflanadi

ANQARA, 17-iyun. /"Dunyo" AA/. Yevroosiyo iqtisodiy aloqalari bo'yicha "EkoAvrasya" jamg'armasi boshqaruvi raisi Hikmet Eren "Dunyo" AA uchun intervyusida Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning O'zbekistonga buyurgan davlat tashrifi haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston bilan Koreya Respublikasi o'rtasidagi ikki tomonlama sheriklik munosabatlarining yuqori darajasini, shuningdek, so'nggi yillarda ko'p qirrali hamkorlikni rivojlantirishda ijobiy dinamika davom etayotganini alohida ta'kidlash joiz.

 

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, texnologik, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yo'nalishlarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini ko'rib chiqishni o'z ichiga olgan tashrifning mazmunli kun tartibi shundan dalolat beradi.

 

Ta'kidlash joizki, Koreya Respublikasi O'zbekistonning yetakchi savdo va investitsiyaviy sheriklaridan biridir. 2023-yilda Koreya Respublikasining O'zbekistonga kiritgan investitsiyasi hajmi 7,5 milliard dollardan oshdi, o'zaro tovar ayirboshlash hajmi esa 2,5 milliard dollarga yetdi. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, mamlakatda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar tufayli bugungi kunda respublikada Janubiy Koreya kapitali ishtirokida 700 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

 

Yaqin 3 yilga mo'ljallangan O'zbekiston-Koreya Respublikasi alohida strategik sherikligining yangi yuqori texnologiyali kun tartibini shakllantirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

 

Ishonchim komilki, O'zbekistonda mintaqaviy yuqori texnologiyalar xabini yaratish bo'yicha Strategik dastur ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlarning zamonaviy rivojlanishida kuchli turtki bo'lib xizmat qiladi.